«Inter Miami» yarimhimoyachisi Kazemiro nima uchun aynan bu klubni tanlaganini tushuntirdi.
«Bir muddat avval «Los-Anjeles Galaksi» bilan muzokaralar olib borayotganimda, faqat «Inter Miami»da o‘ynashni xohlaganimni aytgandim.
Buni oilam bilan juda yaxshi ko‘radigan shahar, klubning loyiha va futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri Messi bilan bir jamoada to‘p tepish imkoni paydo bo‘lgani uchun tanladim.
Menga bu imkoniyatni bergani uchun klubga minnatdorchilik bildiraman», — dedi Kazemiro.
Ma’lumot o‘rnida, Mayami jamoasi kecha, 22 iyul kuni braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e’lon qildi. 34 yoshli tayanch yarimhimoyachisi klub bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim tuzdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi