"Fiorentina" klubi "Real" yarimhimoyachi Franko Mastantuononi ijara asosida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda TyC Sports nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, florensiyaliklar futbolchiga jamoada muntazam o'yin amaliyoti berilishini kafolatlagan.
Shuningdek, Mastantuononing Yevropa Ittifoqi fuqaroligiga ega ekani ham "Fiorentina" uchun muhim ustunliklardan biri hisoblanmoqda.
Argentinalik 22 yoshli futbolchiga faqat "Fiorentina" emas, balki "River Pleyt", "Vilyarreal" hamda "Fulhem" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Shunga qaramay, Mastantuono hozircha o'z kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.