Bugun
48
O'zbek

Bissek "Inter" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi – Romano

Futbol
25 iyul, 15:21
Kelishuv kelasi haftada rasmiy yakunlanadi.
Bissek "Inter" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi – Romano
Фото: Getty Images

"Inter" klubi himoyachisi Yan Bissek bilan uzoq muddatli yangi shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar italiyalik 24 yoshli futbolchining shartnomasini 2031 yilning iyuniga qadar uzaytirish bo'yicha kelishib olgan. Shuningdek, Bissek yangi maosh shartlariga ham rozilik bildirgan.

Klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuvni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish bo'yicha zarur hujjatlar va boshqa rasmiy ishlar kelasi kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Inter" o'tgan mavsum A Seriyada chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar