Dortmundning «Borussiya» klubini tark etgan Yulian Brandtga «Lids» va «Ayaks»dan taklif tushdi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik yarimhimoyachining o‘zi Angliya chempionatida o‘ynash imkoniyati tufayli «Lids» variantiga ko‘proq moyillik bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Brandt Italiya A Seriyasidan aniq taklif tushadigan bo‘lsa, ushbu variantni ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Qayd etilishicha, «Lids» transfer ustida ishlashda davom etmoqda. Futbolchining otasi va agenti Yurgen Brandt yaqinda klubning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurgan.
Ma’lumot uchun, Brandt o‘tgan mavsum klub miqyosida 41 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan. Germaniya milliy jamoasi safida esa u 48 ta bahs o‘tkazgan.