"Real" klubi va vinger Vinisius Junior o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar hozircha boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, tomonlar moliyaviy shartlar borasida kelishuvga erisha olmayapti.
"Real" braziliyalik futbolchining yillik maoshini soliqlar to'langandan keyin 15 million yevrodan 20 million yevrogacha oshirishga tayyor.
Biroq Vinisius o'zini qoniqtiradigan yangi shartnoma bo'yicha bir mavsum uchun 30 million yevro maosh talab qilmoqda.
Hozircha na klub, na futbolchi o'z talablaridan chekinishni istamayapti. Shu sababli muzokaralar to'xtab qolgan.
Bu vaziyatdan Londinning "Arsenal" klubi foydalanishi mumkin. Biroq inglizlar Vinisiusni o'z safiga qo'shib olishni istasa, unga jamoada eng yuqori maosh oluvchi futbolchi maqomini taqdim etishiga to'g'ri keladi.