Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd vinger Maykl Olisening «Real»ga ehtimoliy transferi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bu masala biz uchun umuman dolzarb emas. Mayklnning ta'tildan qaytishini intiqlik bilan kutyapmiz. U o'tgan mavsumda bo'lgani kabi, yangi mavsumda ham «Bavariya» uchun juda muhim futbolchilardan biri bo'ladi», — deya Froyndning so'zlaridan keltiradi Bayern & Germany nashri.
Ma'lumot uchun, Olise o'tgan mavsum «Bavariya» safida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati hozirda 170 million yevroga baholanmoqda.