«Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn faoliyatini Myunxen klubi safida davom ettiradi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, klub va angliyalik 32 yoshli futbolchi o'rtasida muzokaralar boshlangan. Yaqin vaqt ichida yangi shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Futbolchi boshqa takliflarga qaramay, jamoada qoladi.
Avvalroq «Barselona» Keynning xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Ma'lumot uchun, Harri 2023 yildan beri «Bavariya» safida to'p tepib keladi. Bu vaqt davomida u barcha turnirlar doirasida 147 ta uchrashuvda maydonga tushib, 146 ta gol urdi va 33 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi