Live
5
O'zbek

"Real" Oliseni sotib olishga harakat qilmaydi

Futbol
25 iyul, 11:05
Madridliklar "Bavariya" bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istamoqda.
"Real" Oliseni sotib olishga harakat qilmaydi
Foto: Getty Images

"Real" "Bavariya" vingeri Maykl Oliseni sotib olishga harakat qilmaydi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Fransiyalik futbolchi "qirolicha klubi" prezidenti Florentino Peresning eng ko'p istayotgan transferlaridan biri sanaladi. So'nggi 2-3 hafta davomida Madrid klubi vakillari uning vaziyatini o'rgandi, ammo "Bavariya" futbolchini sotish masalasini muhokama qilishga tayyor emasligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababli, "Real" Myunhen klubi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istamoqda va "Bavariya" muzokaralarga rozilik bermagunga qadar rasmiy taklif yubormaydi.

Hozirda "Real" asosiy e'tiborini "Leyptsig" vingeri Yan Diomande transferiga qaratgan. Avvalroq "qaymoqranglilar" Diomande bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar