Live
6
O'zbek

"Roma" Endrik uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi

Futbol
25 iyul, 07:00
"Real" rahbariyati esa futbolchiga uzoq muddatli loyihaning bir qismi sifatida qaramoqda.
"Roma" Endrik uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi
Foto: Getty Images

"Real" hujumchisi Endrik faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

20 yoshli braziliyalik futbolchiga ayni vaqtda "Roma" qiziqish bildirmoqda va jamoa forvard uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Rim klubi hujumchini sotib olish huquqisiz ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.

"Real" rahbariyati esa braziliyalik futbolchiga uzoq muddatli loyihaning bir qismi sifatida qaramoqda va uni to'liq transfer asosida sotish variantini ko'rib chiqmayapti.

Ma'lumot o'rnida, Endrikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "Lion"da ijara asosida o'tkazdi.

Avvalroq "Real" yozda Endrik uchun keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar