"Real" yozda Endrik uchun keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Madridliklar futbolchi transferidan kamida 60 million yevro ishlab olishni maqsad qilmoqda. Hujumchining xizmatlariga APL klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Endrik qishki transferlar oynasida "Lion"ga ijaraga yuborilgandi. "Real" safida futbolchi 40 ta o'yinda ishtirok etib, 7 gol urg'an va 1 assist qayd etgandi.
Ayni vaqtda madridliklar La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda turibdi. "Qaymoqranglilar" "Barselona"dan 4 ochko ortda.