«Lion» klubi «Real» hujumchisi Endrikni ijaraga olganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, kelishuv mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Fransiya klubi braziliyalik 19 yoshli futbolchi uchun «Real»ga 1 million yevro to'laydi.
Shuningdek, Endrikning maoshiga oid majburiyatlarning 50 foizini o'z zimmasiga oladi.
«Lion» 29 dekabr kuni jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydigan Endrikni kutib olishdan mamnun. Uning kelishiga imkon yaratgan samarali muzokaralar va hamkorlik uchun «Real»ga minnatdorchilik bildiradi», - deyiladi klub xabarida.