"Chelsi" klubi "Bayer" forvardi Kerim Alaybegovichning transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Kicker nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" bosniyalik 18 yoshli futbolchining transferi uchun 30 million yevrodan ortiq mablag' to'lashga tayyor.
Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. "Chelsi" ushbu transfer bo'yicha asosiy da'vogar hisoblanmoqda.
Alaybegovich 2026 yildagi jahon chempionatidagi yorqin o'yinlari ortidan Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini tortdi.
O'z navbatida "Bayer" klubi ham Kerimni jamoada qolishini istamoqda.