Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
«Komo» Angliyaning «Chelsi» klubiga himoyachi Trevo Chaloba transferi bo‘yicha yaxshilangan taklif yuborgan.
Insayderning yozishicha, italiyaliklar 2026/2027-yilgi mavsumda UYEFA Chempionlar Ligasida munosib ishtirok etish niyatida. Shu sababli klub Chaloba uchun 25 mln yevro taklif qilgan.
Yana 5 mln yevro erishilishi oson bo‘lgan bonuslar ko‘rinishida belgilab qo‘yilgan.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Chalobaning o‘zi A Seriya jamoasi tarkibiga ko‘chib o‘tishga qiziqib qolgan.
O‘tgan mavsumning 47 o‘yinida Trevo Chaloba 3 ta gol urdi.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 40 mln yevroga baholamoqda.