Live
4
O'zbek

«Dinamo» stadioniga VAR tizimi o‘rnatildi

Futbol
25 iyul, 13:30
Stadionda markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun zarur texnik jihozlarni o‘rnatish ishlari yakunlandi.
«Dinamo» stadioniga VAR tizimi o‘rnatildi
Foto: PFL

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol bahslarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakat stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Futbol Hakamlari Markazi xabariga ko‘ra, Samarqanddagi «Dinamo» stadionida VAR texnikalarini o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi.

Qayd etilishicha, ushbu tizim hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolini xalqaro standartlarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda markazlashgan VAR tizimini stadionlarga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar