"Manchester Siti" "Leyptsig" vingeri Yan Diomande transferi uchun kurashga qo'shilish niyatida. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
Manchester klubi futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor ekanini og'zaki ravishda bildirgan. Biroq "shaharliklar" hozircha rasmiy taklif yubormagan.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Diomande Bundesligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq Mourinio ivuar futbolchini "Real"ning asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rayotganini ma'lum qilingandi.