"Liverpul" sobiq futbolchisi Muhammad Saloh "Beshiktosh" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar 2027 yilga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekadi. Shuningdek, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud bo'ladi.
Qolaversa, Saloh Istanbul klubi safida yiliga 12 million yevro maosh oladi. U yangi jamoasiga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.
Avvalroq Muhammad Slotning iste'fosidan so'ng "Liverpul"da qolish variantini ko'rib chiqishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi