"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri "Real" bilan shaxsiy kelishuvga erishdi. Bu haqida jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Jahon chempioni endi Madrid klubining "Manchester Siti" bilan transfer ishlarini hal qilishini kutmoqda. Qayd etish lozim, Rodrining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Ma'lumot o'rnida, ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, 30 yoshli yarimhimoyachining narxi 50 million yevro deb baholanmoqda.
Avvalroq Rodri "Real"ga o'tish uchun transfer narxini pasaytirishga erishgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi