Bugun
48
O'zbek

Mourinyo Diomandeni "Real"ning asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda

Futbol
25 iyul, 03:55
Jozef klub rahbariyatiga hujum chizig'ida yanada ko'proq tezlik va yangi kuchlar kerakligini aytgan.
Mourinyo Diomandeni "Real"ning asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda
Foto: Getty Images

"Real" bosh murabbiyi Jozef Mourinyo "Leyptsig" vingeri Yan Diomandeni jamoaning asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, portugaliyalik mutaxassis "Real" rahbariyatiga hujum chizig'ida yanada ko'proq tezlik va yangi kuchlar kerakligini aytib o'tgan.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Diomande barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.

Avvalroq "Real" Diomande bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar