"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh klubda qolish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Bu haqda indykaila News xabar berdi.
Bu ma'lumot Arne Slot "qizillar" bosh murabbiyligi lavozimidan bo'shatilganidan so'ng paydo bo'ldi. Klub rahbariyatining bu qarori kutilmagan qadam bo'lib, jamoada yangi davr boshlanganini anglatadi.
Qayd etish lozim, APL so'nggi turidagi o'yindan so'ng misrlik hujumchi muxlislar va jamoadoshlari bilan xayrlashgandi. Avvalroq Saloh Slotning iste'fosidan keyin agenti bilan shoshilinch uchrashuv belgilagani ma'lum qilingandi.