Live
1
O'zbek

«Liverpul» 6 mlrd dollardan qimmatroqqa sotilishi mumkin

Futbol
24 iyul, 10:37
Ehtimoliy xaridor ham ma’lum.
«Liverpul» 6 mlrd dollardan qimmatroqqa sotilishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda The Financial Times xabar bermoqda.

«Liverpul»ga egalik qiluvchi Amerikaning Fenway Sports Group sarmoya kompaniyasi rahbariyati klubning minoritar ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, xaridor britaniyalik-hindistonlik tadbirkor va «Kuinz Park Reynjers» egasi Amit Bxatiya boshchiligidagi investorlar konsorsiumi bo‘lishi mumkin. Bitimni dunyodagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi ArcelorMittal kompaniyasiga egalik qiluvchi Mittal oilasi ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Qayd etilishicha, agar sotuv muvaffaqiyatli amalga oshsa, «Liverpul»ning qiymati 6 milliard dollardan (5,25 milliard yevro) oshadi - bu futbol klubi bilan tarixdagi eng yirik bitimlardan biri bo‘ladi.

FSG allaqachon konsorsium bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqlagan, biroq hozircha hech qanday kelishuvga erishilmaganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Liverpul» Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar