Live
6
O'zbek

Saloh Slotning iste’fosidan keyin agenti bilan shoshilinch uchrashuv belgiladi — indykaila

Futbol
30 may, 08:55
Misrlik yulduz «Liverpul»dagi vaziyatdan norozi bo‘lib qolayotgandi.
Saloh Slotning iste’fosidan keyin agenti bilan shoshilinch uchrashuv belgiladi — indykaila
Foto: Getty Images

«Liverpul» sobiq hujumchisi Muhammad Saloh Arne Slot iste’foga chiqarilgani haqidagi xabardan so‘ng agenti bilan shoshilinch uchrashuv tashkil qilgan. Bu haqda indykaila News sahifasi xabar berdi.

Avvalroq Saloh va Arne Slot o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

2025-yil dekabr oyida «Lids»ga qarshi 3:3 hisobidagi durangdan keyin futbolchining o‘zi ham niderlandiyalik murabbiy bilan aloqalari buzilganini ochiq aytgandi.

May oyida esa Saloh ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, «Liverpul»ni Yurgen Klopp davridagi futbolga qaytishga chaqirgandi.

Eslatib o’tamiz, misrlik futbolchining klub bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallanganiga qaramay yozda jamoadan ketishini ma’lum qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar