Live
5
O'zbek

«Arsenal» Vinisiusga klub tarixidagi eng yirik shartnomani taklif qilmoqchi

Futbol
26 iyul, 13:54
London klubi braziliyalik vinger orqali Chempionlar ligasi uchun kurashni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
«Arsenal» Vinisiusga klub tarixidagi eng yirik shartnomani taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Arsenal» «Real» vingeri Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shish uchun klub tarixidagi eng yirik shartnomani taklif etishga tayyor.

The Telegraph jurnalisti Dominik King xabariga ko‘ra, «kanonirlar» braziliyalik futbolchining haftasiga 400 ming funt sterling miqdoridagi maoshidan ham yaxshiroq shartlarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, moliyaviy masala London klubi uchun muammo bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, Mikel Arteta va klub rahbariyati Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni asosiy maqsad qilgan va shu sabab Vinisius darajasidagi futbolchini tarkibga qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor.

Biroq transfer amalga oshishiga «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo to‘sqinlik qilishi mumkin. Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Vinisiusni sotishga qat’iyan qarshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Juniorning «Real» bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari kutilganidek kechmayotgani va uning nomi bir qator top-klublar bilan bog‘lanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar