Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
«Kardiff»ning hujumkor yarim himoyachisi Aksel Donchev Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni - Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
Manbaning ta’kidlashicha, klublar 16 yoshli vingerning transferi bo‘yicha kelishib olgan. Porloq kelajak kutayotgani e’tirof etilgan futbolchi kelishuvni rasmiylashtirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ulgurdi.
2025/2026-yilgi APL mavsumida Mikel Arteta shogirdlari ikkinchi o‘rinni egallagan «Manchester Siti»ni 7 ochkoga ortda qoldirib, uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Londonliklar UYEFA Chempionlar Ligasida hvs finalga chiqdi va penaltilar seriyasida Fransiyaning «PSJ» jamoasiga yutqazdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi