Live
5
O'zbek

«Barsa» sentyabr oyida Ferran bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapti

Futbol
26 iyul, 02:40
Kataloniyaliklar Torresni faqat uning oʻzi ketish istagini bildirgan taqdirdagina sotishga tayyor.
«Barsa» sentyabr oyida Ferran bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapti
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchi Ferran Torresga ishonishda davom etmoqda va sentyabr oyida u bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapti. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kataloniyaliklar Torresni faqat uning oʻzi ketish istagini bildirgan taqdirdagina sotishga tayyor.

«Koʻk-anorranglilar» yozgi transfer oynasi yopilgandan soʻng moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish maqsadida 26 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, klub Ferranning shartnomasini uzaytirsa ham avvalgi kelishuv shartlariga koʻra, «Manchester Siti»ga 8 million yevro toʻlashi kerak boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan mavsum Torres barcha musobaqalarda 49 ta oʻyinda qatnashib, 21 gol urdi va 3 assist amalga oshirdi. Avvalroq Ferran jahon chempionatidan keyin «PSJ»ga oʻtishga rozilik bergani maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar