«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni Robert Levandovskining o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi uchun 100 million yevrolik taklif yuborgan, biroq «Atletiko» uni rad etgan va o‘z pozitsiyasini o‘zgartirish niyatida emas.
Klubga yaqin jurnalist Ashraf Ben Ayadning ma’lum qilishicha, «Barselona» endi transfer taqdiri futbolchining o‘ziga bog‘liq ekanini anglab yetgan. Agar Alvares klubini o‘zgartirish istagini ochiq bildirsa va «Atletiko»ga bosim o‘tkazsa, transfer amalga oshishi mumkin.
Shu bilan birga, «Barselona» muzokaralarni shoshiltirmoqchi emas. Manbaga ko‘ra, klub yozda Entoni Gordon va Karim Adeyemini o‘z safiga qo‘shgani sabab hujum chizig‘ida yetarlicha tanlovga ega va Alvares uchun belgilangan narxdan yuqori mablag‘ to‘lashni rejalashtirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Xulian Alvares uchun 100 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqqani, biroq «Atletiko» uni rad etgani haqida xabarlar tarqalgandi.