«Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messi va «Los Anjeles» forvardi Deni Buanga Ligalar kubogi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida peshqadamlikni bo'lishib turishibdi.
Messi «Sen Luis»ga qarshi uchrashuvda (4:2) dubl qayd etdi. Buanga esa «Gvadalaxara»ga qarshi bahsda (1:1, penaltidan keyin 5:4) bir marta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Hozirda Messi hisobida musobaqaning 12 ta o'yinida 14 ta gol mavjud. Buanga esa 13 ta uchrashuvda 14 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.
Ma'lumot o'rnida, musobaqaning amaldagi g'olibi «Sietl» klubi hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi