Bugun
46
O'zbek

«Nyukasl» bosh murabbiyi: «Biz hali ko‘p ish qilishimiz kerak»

Futbol
8 avgust, 23:31
Saudiya Arabistonidan yana Yevropaga qaytgan Mattias Yayssle jamoasining «Valensiya» bilan (2:1) o‘yin haqida gapirdi.
«Nyukasl» bosh murabbiyi: «Biz hali ko‘p ish qilishimiz kerak»
Foto: Getty Images

«Nyukasl» klubi bosh murabbiyi Mattias Yayssle nazorat bahsida «Valensiya» ustidan qozonilgan (2:1) g‘alabadan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu g‘alabani ulkan muvaffaqiyatdek nishonlamaymiz. Hali qiladigan ishlarimiz yetarli. G‘alabalar doimo o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Og‘ir hafta bo‘lishini bilardik. Futbolchilar mashg‘ulotlarda ham astoydil mehnat qilib, o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishdi va demak, ikki kunlik dam olishga loyiqliklarini isbotlashdi. Keyin esa yana barchasini boshidan boshlaymiz», — deya 38 yoshli germaniyalik mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC.

Eslatib o‘tamiz, «Al Ahli»da ishlagan Yayssle avgust oyi boshida «Nyukasl» boshqaruvini qo‘lga oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar