Bugun
46
O'zbek

Neymar yana Messi bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkin — manba

Futbol
8 avgust, 22:17
«Santos» klubining braziliyalik futbolchisi 2027-yil yanvarida «Inter Mayami»ga o‘tishi mumkin.
Neymar yana Messi bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkin — manba
Foto: Getty Images

«Santos»ning braziliyalik hujumchisi Neymar 2027-yil yanvar oyida «Inter Mayami»ga o‘tishi mumkinligi haqida LIBERTA DEPRE X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar 2027-yilning yanvaridan boshlab «Inter Mayami»da o‘ynashi ehtimoli mavjud. Allaqachon Lionel Messi, Kazemiro va Luis Suares safida to‘p tepayotgan Amerika klubi «Santos»ning 10-raqamli futbolchisi faoliyatini davom ettirishi uchun eng maqbul variant hisoblanmoqda.

Manbaga ko‘ra, aynan «Inter Mayami» Neymar professional faoliyatini yakunlaydigan klub bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Lionel Messi bilan «Barselona» va «PSJ»da birga to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar