Live
1
O'zbek

Ligalar kubogi. "Inter Mayami" Meksika klubini mag'lub etdi, Messidan 2 gol va 1 assist (videosharl)

Futbol
5 avgust, 22:30
Bellashuvda muxlislar 6 ta gol guvohi bo'lishdi.
Ligalar kubogi. "Inter Mayami" Meksika klubini mag'lub etdi, Messidan 2 gol va 1 assist (videosharl)
Foto: Getty Images

Shimoliy va Markaziy Amerika klublari o'rtasida Ligalar kubogi start oldi.

1-turda "Inter Mayami" o'z maydonida Meksikaning "Sen Luis" klubini qabul qilib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Qayd etish lozim, Messi ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi. Bellashuvda dubl qayd etgan argentinalik futbolchi bir assistni ham o'z nomiga rasmiylashtirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" 2023 yil ushbu turnirda g'olib bo'lgan.

Ligalar kubogi. 1-tur
Inter Mayami — Sen Luis 4:2
6 avgust. "Nu Stadium"
Gollar: Messi 11, 44 (dubl), Segoviya 26, Mikael 45+7 — Rodriges 4, Serxio 51.

Inter Mayami — Rios Novo, Frey, Kaysedo (Mura 60), Allen (Regilon 83), Mikael, Kazemiro, De Paul (Ruis 66), Brayt, Segoviya, Pinter (Silvetti 59, Ayala 83), Messi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Atletico de San Luis Atletico de San Luis
  • Ligalar kubogi Ligalar kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar