Live
1
O'zbek

Kerrik: «Mavsumga tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tdi»

Futbol
9 avgust, 00:19
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi «PSJ» jamoasiga qarshi nazorat o‘yinidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kerrik: «Mavsumga tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tdi»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Fransiyaning «PSJ» jamoasiga qarshi nazorat o‘yinidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun, bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Bu o‘yin uchun belgilab olgan maqsadlarimizga erishdik. Ba’zida vaziyatdan chiqish yo‘li va muammoni hal qilish variantlarini yigitlarning o‘zi topishga majbur bo‘lishi ham yaxshi. Bunga zarurat bo‘lmasa ham ularga doim tayyor javoblarni berishni istamaymiz. Bu narsa ularni mavsumga tayyorlaydi. Bu borada odamlar har doim ham ko‘ravermaydigan va biz mamnun bo‘ladigan ko‘p narsalar bor va buning yaxshi alomatlari bor.

O‘ylaymanki, mavsumga tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tdi. O‘tkazgan bahslarimizda tempni sekin-asta oshirib bordik. Biz Skandinaviyada bo‘ldik va buni nisbatan xotirjam rejimda amalga oshirdik. Odatda bu mehmonxona va stadiongacha yo‘l bo‘ladi, ammo biz biroz sayr qildik, muxlislar bilan suhbatlashdik. Yilning ushbu davrida bu juda muhim, chunki shu orqali muxlislarning energiyasi va ishtiyoqini his qilasiz. Aynan shuning uchun biz bu yerdamiz — ularga quvonch ulashish maqsadida. Afsuski, bugun g‘alaba qozona olmadik, lekin umid qilamanki, yaxshi holatlar ham yetarli bo‘ldi hamda ular o‘yindan zavq chinakamiga oldik, deyishadi», — deya Kerrik so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, APL 2026/2027-yilgi mavsum 1-turida «MYU» 22-avgust kuni «Hall Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi yangiliklar