Live
3
O'zbek

Buaddi "Man Siti"ga o'tish arafasida

Futbol
30 iyul, 00:10
"Shaharliklar" 18 yoshli futbolchi bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo'yicha kelishib oldi.
Buaddi "Man Siti"ga o'tish arafasida
Foto: Getty Images

"Lill" yarimhimoyachisi Ayub Buaddi "Manchester Siti"ga o'tish arafasida turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

"Shaharliklar" 18 yoshli futbolchi bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo'yicha kelishib oldi. Klublar o'rtasidagi kelishuv ham yaqin kunlarda rasmiy amalga oshishi kutilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Ayub "Lill" asosiy jamoasi safida 96 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta assist amalga oshirgan. 2026 yilgi jahon chempionatida esa yarimhimoyachi Marokash milliy jamoasi safida 5 ta o'yinda ishtirok etdi va ularning barchasini asosiy tarkibda boshladi.

Avvalroq "Manchester Siti" Buaddi uchun 90 million yevro sarflashga tayyor ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Lille Lille
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar