Live
1
O'zbek

"Man Siti" sobiq darvozaboni faoliyatini "Olimpiakos"da davom ettiradi

Futbol
30 iyul, 01:50
Germaniyalik posbonning so'nggi klubi "Nottinghem Forest" bo'lgandi.
"Man Siti" sobiq darvozaboni faoliyatini "Olimpiakos"da davom ettiradi
Foto: Olympiacos FC

"Manchester Siti" sobiq darvozaboni Shtefan Ortega faoliyatini "Olimpiakos"da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

Tajribali germaniyalik posbonning so'nggi klubi "Nottinghem Forest" bo'lgandi. Ortega shu yilning fevral oyidan buyon "o'rmonchilar" sharafini himoya qilib kelgan, 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng esa erkin agentga aylangan.

Yakunlangan APL mavsumida Shtefan "Nottinghem Forest" safida atigi 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda u 4 ta gol o'tkazib yubordi va bitta bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Avvalroq Jota Silvaning "Olimpiakos"ga ko'chib o'tgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Olympiacos Olympiacos
Bugungi yangiliklar