«Inter Mayami» klubi va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi taniqli nashrlar, jumladan Marca portali talqiniga ko‘ra 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritga aylandi.
Bunga uning JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi bahsda (2:1) ikkita golli uzatma amalga oshirgani sabab bo‘ldi. Agar Messi mukofotni qo‘lga kiritsa, u MLSda to‘p surayotgan holda «Oltin to‘p»ni yutgan ilk amaldagi futbolchiga aylanadi.
Reytingida «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuchli beshlikdan, shuningdek, «Barselona» vingeri Lamin Yamal hamda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe ham joy olgan.
«Oltin to‘p»-2026 uchun asosiy favoritlar:
- Lionel Messi (Argentina) — 2.50
- Harri Keyn (Angliya) — 3.50
3-4. Lamin Yamal (Ispaniya) — 5.00
3-4. Kilian Mbappe (Fransiya) — 5.00
5-6. Rodri (Ispaniya) — 11.00
5-6. Jud Bellinghem (Angliya) — 11.00 - Usmon Dembele (Fransiya) — 15.00
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 finalida Lionel Messi boshchiligidagi Argentina milliy jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs «Oltin to‘p» uchun kurashda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi