Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo'l ostidagi ilk mashg'ulotlar haqida fikr bildirdi.
«Mourinyu bilan mashg'ulotlar juda yaxshi o'tmoqda. Men doimo unga qoyil qolganman. U va uning murabbiylar shtabi bilan ishlash katta zavq. Ularning ish uslubi va talablari juda yuqori. Bizga nimalarni o'rgatishini intiqlik bilan kutyapman. Mourinyo yangi mavsumda «Real»ga sovrinlar yutishda yordam beradi», — dedi Trent.
Eslatib o'tamiz, bu Joze Mourinyoning «Real» bosh murabbiyi sifatidagi ikkinchi faoliyati hisoblanadi. Portugaliyalik mutaxassis avval 2010–2013 yillarda Madrid klubini boshqargan va shu davrda La Liga, Ispaniya kubogi hamda Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi