Live
1
O'zbek

Mourinyo Gonsalo Garsiyaning «Real»dan ketishiga ruxsat bermadi

Futbol
15 iyul, 12:50
Portugaliyalik mutaxassis hujumchini jamoada olib qolishni istamoqda.
Mourinyo Gonsalo Garsiyaning «Real»dan ketishiga ruxsat bermadi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda El Debate xabar berdi.

Manbaga ko'ra, klub rahbariyati 21 yoshli hujumchini sotishni rejalashtirgan edi. Biroq yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo futbolchining transferiga veto qo'ydi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis Gonsalo Garsiya tarkibdagi o'rin uchun Endrik bilan raqobat qilishi kerak, deb hisoblamoqda. Hozircha Garsiya ustunlikka ega, chunki u jamoa bilan mavsumoldi mashg'ulotlarini allaqachon boshlab yuborgan.

«Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Gonsalo Garsiyaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuv o'tkazib, 8 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar