Bugun
6
O'zbek

Xavi «Barselona» afsonalari jamoasidan chetlatildi — bunga Laporta bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgani aytilmoqda

Futbol
11 iyun, 07:00
Klub sobiq murabbiyi va futbolchisi ikki o‘yinda ishtirok eta olmadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Xavi «Barselona» afsonalari jamoasidan chetlatildi — bunga Laporta bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgani aytilmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» afsonalar jamoasining sobiq a’zosi Xavi Ernandes klub faxriylari safidan chetlatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis Mayami va Seulda o‘tkazilgan so‘nggi ikki uchrashuv uchun afsonalar jamoasi tarkibiga kiritilmagan.

Manbaga ko‘ra, bunga Xavining «Barselona» prezidentligi saylovlarida amaldagi rahbar Joan Laportaga qarshi pozitsiyada bo‘lgani sabab bo‘lgan. U saylovlarda Viktor Font nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, biroq yakunda Laporta g‘alaba qozongan edi.

Qayd etilishicha, afsonalar jamoasi tarkibini shakllantirish bilan Alehandro Echevarriya shug‘ullanadi. Xavi saylov kampaniyasi vaqtida aynan Echevarriyani tanqid qilib, uni klub boshqaruvida katta ta’sirga ega shaxs sifatida ko‘rsatgan.

Xabarlarga ko‘ra, Xavining vakillariga klub faxriylari o‘yinlari tashkilotchilaridan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va uning Seuldagi uchrashuvda ishtiroki ma’qullanmagani aytilgan.

Shu bilan birga, «Barselona» vakillari vaziyat vaqtinchalik ekanini va kelajakda bu masala ijobiy hal etilishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xavi futbolchi sifatida «Barselona» safida 700 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan va klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar