"Barcelona" sobiq futbolchisi Xavi Ernandes o'zi bilan birga to'p tepgan eng yaxshi o'yinchilardan iborat 5 kishilik jamoa tuzdi.
Barca Universal nashriga ko'ra, afsonaviy yarimhimoyachi darvozaga Viktor Valdesni qo'ydi, himoya chizig'ida esa yagona futbolchi sifatida Karles Puyolni tanladi.
Yarimhimoyada e'tirofga sazovor bo'lganlar Andres Iniesta va Serxio Buskets bo'ldi. Hujum chizig'idan esa albatta, Lionel Messi joy olgan.
Ma'lumot o'rnida, Xavi 1998 yildan 2015 yilgacha "Barcelona" asosiy jamoasida to'p tepgan. Shundan so'ng u "As Sadd"ga o'tgan va 4 yildan keyin faoliyatini yakunlagan.
2021–2024 yillar davomida ispan mutaxassis Kataloniya grandida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. Avvalroq Xavi "Milan" bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri ekani ma'lum qilingan edi.