Lionel Messi AQSH, Meksika va Kanadada o‘tadigan jahon chempionati-2026 starti arafasida Argentina milliy jamoasiga ta’rif berdi.
«Avval ham aytganimdek, bu jamoa yo‘lning yarmida to‘xtab qolmaydi. O‘ylashimcha, biz buni istalgan raqiblar bilan o‘yinlarda isbotlab ulgurdik. Bu g‘olib jamoa doimo ko‘prog‘ini istaydi. Biz o‘zgacha ishtiyoq bilan qadamma-qadam oldinga harakat qilamiz», - deya Messi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Tyc Sports.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina JCH-2026 guruh bosqichida Jazoyir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi.