O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Nyu-Yorkka yetib kelganidan so‘ng jamoa a’zolari tekshiruvdan o‘tkazilgani yuzasidan munosabat bildirdi.
Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, bu AQSH aeroportlarida qo‘llaniladigan standart xavfsizlik tartiblaridan biri hisoblanadi.
«Bu har qanday aeroportda amalga oshiriladigan odatiy tekshiruv. AQSHda esa bunday jarayonlar bevosita joyning o‘zida o‘tkaziladi», — dedi Kannavaro Corriere dello Sport nashriga bergan izohida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz mundialning K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Turnir 11 iyun kuni start olib, 19 iyulga qadar davom etadi.