«Atletiko» klubi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida «Real»ning «matraschilar» hujumchisi Xulian Alvaresni 150 million yevroga sotib olishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
1. Siz Papaning «Atletiko» muxlisi ekanini aytgan videosini qisqartirib qo‘ygan siz.
2. Odob-axloq bilan minnatdorchilikni adashtirib yuborgan ko‘rinasiz. Hech qanday shubha qolmasligi uchun aytamiz: sizga hech nima uchun rahmat aytmaymiz.
3. Biz Alvares bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmayapmiz va muhokama ham qilmayapmiz.
4. Qanday qilib munosabatlarimiz yomon bo‘lishi mumkin? Axir siz bizni «Barselona»dan ham ko‘proq kuldirasiz, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq «Real» o‘z bayonotida shunday degan edi: «Ikki klub o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar doirasida qilingan taklifni o‘rganib chiqib va baholab, Madridning «Atletiko» klubi buning uchun minnatdorchilik bildirdi va futbolchi uchun belgilangan tovon puli summasini ro‘kach qilib, uni rad etdi.
«Barsa» ustidan kulgandan-da ko'proq kulyapmiz». «Atletiko» — «Real»ning Alvares borasidagi bayonoti haqida
Futbol
10 iyun, 07:00
«Real» Xulian bo‘yicha rasmiy taklif yuborgandi.
Фото: Getty Images