Live
1
O'zbek

Rasman: Kazemiro va Malasiya «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi

Futbol
10 iyun, 06:21
Ikki futbolchi erkin agent maqomida klubni tark etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rasman: Kazemiro va Malasiya «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Kazemiro va himoyachi Tayrell Malasiya rasman klub bilan xayrlashdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ikki futbolchi bugundan boshlab erkin agent maqomiga ega bo‘ldi va «qizil iblislar» safini tark etdi.

Ayniqsa, Kazemironing ketishi klub uchun muhim o‘zgarishlardan biri sifatida baholanmoqda. Braziliyalik yarimhimoyachi 2022 yilda Madridning «Real» klubidan katta umidlar bilan transfer qilingan edi.

Qayd etilishicha, 34 yoshli futbolchi faoliyatini AQSHda davom ettirishi kutilmoqda. Hozirda u MLS vakili «Inter Mayami» safiga qo‘shilish arafasida turibdi.

Tayrell Malasiya esa bir necha mavsum davomida jarohatlar bilan kurashganidan so‘ng klubni tark etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasida tarkibni jiddiy yangilashni rejalashtirmoqda. Avvalroq klub Jeydon Sanchoni ham erkin agentga aylanganini e'lon qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Sancho, Kazemiro va Malasiyaning ketishi bilan mankunianliklar maosh fondida sezilarli mablag‘ni tejab qoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar