Live
1
O'zbek

Runi: «Reshford «MYU»da rekordimni yangilashi mumkin edi»

Futbol
10 iyun, 01:35
«Qizil iblislar» sobiq hujumchisi Markus tushib qolgan holat haqida fikr bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Runi: «Reshford «MYU»da rekordimni yangilashi mumkin edi»
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Ueyn Runi hamyurti Markus Reshfordning vaziyatiga e’tibor qaratdi.

Vinger o‘tgan mavsumni ijarada «Barselona»da o‘tkazdi. Sh yil yozda futbolchi «qizil iblislar» safini butkul tark etishi kutilmoqda.

«Reshford ketishini eshitib, qattiq ranjidim. U manchesterlik yigit, u «Manchester Yunayted» safidagi gollar bo‘yicha rekordimni yangilashi mumkin edi. Yo‘q, men bundan tashvishda emasman – rekord uni yangilashlari uchun ham mavjud. Uni shu yerlik yigitlardan biri amalga oshirsa, zo‘r bo‘lardi. Ha, oxirgi yillarda «MYU»da uning ishlari u qadar qovushmadi, ammo u qanchalik kuchli o‘yinchiligi hamma yaxshi biladi», – dedi Runi BBCga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun Markus Reshford manchesterliklar safida 426 ta o‘yinda maydonga tushib, 138 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar