Live
1
O'zbek

Sancho «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etdi

Futbol
10 iyun, 06:12
Angliyalik vinger besh yillik faoliyatidan so‘ng klub bilan xayrlashdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Sancho «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etdi
Foto: Getty Images

Jeydon Sancho rasman «Manchester Yunayted»ni tark etdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi klub bilan xayrlashib, erkin agent maqomiga ega bo‘ldi.

Sancho 2021 yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan 75 million funt sterling evaziga transfer qilingandi. Ushbu transfer uni «Manchester Yunayted» tarixidagi eng qimmat xaridlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa olib chiqqan edi.

Biroq futbolchining «Old Trafford»dagi faoliyati kutilganidek kechmadi. U turli davrlarda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va ijara asosida boshqa jamoalarda ham o‘ynadi.

So‘nggi mavsumni Sancho «Aston Villa» safida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik vinger «Manchester Yunayted»ga katta umidlar bilan kelgan, biroq klubdagi besh yillik faoliyati davomida o‘z salohiyatini to‘liq namoyish eta olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar