«Barselona» 2027 yilning yozida juda shov-shuvli transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Marca xabar berishicha, Kataloniya klubining asosiy maqsadi — «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand. «Ko‘k-anorranglilar» norvegiyalik 26 yoshli futbolchi kelasi yili Premer-liga klubini tark etish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» prezidenti Joan Laporta Holandning atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatish va uning agentlari bilan uchrashishni istamoqda.
Ammo Erlingning yuqori maoshi sabab klub ish haqi fondida joy tayyorlashi lozim bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Holandning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 220 million yevro deb baholamoqda.
«Barselona» kelasi yozda Holandning transferini amalga oshirishga tayyorlanmoqda — manba
Futbol
14 sentabr, 12:28
Ammo Erlingning yuqori maoshi sabab klub ish haqi fondida joy tayyorlashi lozim bo‘ladi.
Фото: Getty Images