«Santos» klubi yarimhimoyachi Felipe Koutinioning transferini e’lon qildi.
Kelishuv 2026 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan. 34 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi «Vasko da Gama» bo‘lgan.
Avvalroq transfer «Santos» hujumchisi Neymarning ko‘magida amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Felipe faoliyati davomida «Inter», «Espanyol», «Aston Villa», «Liverpul», «Barselona» va «Bavariya» klublarida to‘p tepgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi.
Rasman: Koutinio – «Santos» futbolchisi
Futbol
14 sentabr, 12:36
5
Kelishuv 2026 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Фото: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi