Bugun
9
O'zbek

Portugaliya milliy jamoasi sobiq futbolchisi: «Ronaldu o‘ynashi kerak»

Futbol
10 iyun, 06:19
Mashhur portugaliyalik sobiq futbolchi 41 yoshli Krishtianuning bo‘lajak jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Portugaliya milliy jamoasi sobiq futbolchisi: «Ronaldu o‘ynashi kerak»
Foto: Gettyimages

Mashhur portugaliyalik sobiq futbolchi Manishe 41 yoshli Krishtianu Ronalduning jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.

«An Nasr» hujumchisi o‘z faoliyatidagi oltinchi mundialiga yo‘l oladi. Portugaliya milliy jamoasi Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya bilan bir guruhda o‘ynaydi.

«Menimcha, Ronaldu o‘ynashi kerak. Unda xohish va ambitsiya bor ekan, u milliy jamoada o‘ynaydi. Krishtianu – noyob o‘yinchi. Ha, uning jismoniy holati 20-yil avvalgidek emas, lekin u hali ham raqiblarni diqqatini o‘ziga qarattirishga majbur qila oladi, shu orqali sheriklariga bo‘sh zonalar yaratadi. Ronaldu hali ham muhim ahamiyatga ega, lekin tarkibni tanlash murabbiyning ishi», – deya Manishening so‘zlaridan iqtibos keltirdi Al Nassr Zone.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi JCH oldidan Nigeriyaga qarshi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar