Bugun
9
O'zbek

Krespo: «Chelsi»da ko‘proq vaqt qolishni istardim»

Futbol
10 iyun, 03:45
Londonliklar sobiq forvardi Angliyadagi davrni yodga oldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Krespo: «Chelsi»da ko‘proq vaqt qolishni istardim»
Foto: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi sobiq hujumchisi Ernan Krespo jamoada uzoqroq vaqt qolishni istagani haqida gapirdi.

«Men hamisha boshqa bir hayot kechirishni istagan bo‘lardim va o‘sha hayotimda «Chelsi»da ko‘proq vaqt o‘tkazardim, deb aytaman. Hozir yoshim ulg‘aydi va anglab yetdimki, «Chelsi»ga qaytishni istardim. O‘sha paytlar shaxsan men uchun juda og‘ir kechgan. «Chelsi»dagi kunlarim na o‘zimga, na oilamga oson bo‘lgan – ammo muxlislar ajoyib edi», - deydi Krespo BBC nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Ernan Krespo 2003 - 2008-yillar oralig‘ida, tanaffuslar bilan «Chelsi» safida to‘p tepgan. Umumiy hisobda futbolchi London klubi safida 73 o‘yinda maydonga tushgan va 25 ta gol urib, 6 ta golli uzatma yetkazib bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar