Bugun
38
O'zbek

"Chelsi" 7 nafar futbolchisi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi – manba

Futbol
9 iyun, 14:32
"Ko‘klar" bu futbolchilarni yozgi transfer oynasida sotmoqchi emas.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Chelsi" 7 nafar futbolchisi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi – manba
Фото: Getty Images

"Chelsi" bu yozda bir qator futbolchilarining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Jurnalist Saymon Jonsonning ma'lumotlariga ko‘ra, London klubining yetti nafar futbolchisi daxlsiz hisoblanadi. Ular: Ris Jeyms, Ko‘ul Palmer, Moyses Kaysedo, Levi Kolvill, Estevao, Joao Pedro va Josh Achimpong.

Qayd etilishicha, "ko‘klar" bu futbolchilarni yozgi transfer oynasida sotmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ispaniyalik mutaxassis London klubi bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Murabbiy o‘z ishiga 1 iyuldan kirishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar