Live
1
O'zbek

«Atletiko» prezidenti Alvares bo‘yicha «Real» taklifiga munosabat bildirdi

Futbol
9 iyun, 23:15
Madrid klubi argentinalik hujumchini sotishni istamayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Atletiko» prezidenti Alvares bo‘yicha «Real» taklifiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso Xulian Alvaresning transferi borasida «Real» tomonidan yuborilgan taklif haqida fikr bildirdi.

Avvalroq Madridning «Real» klubi argentinalik hujumchi uchun 150 million yevro miqdorida rasmiy taklif yuborgani, biroq bu taklif rad etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Seresoning ta’kidlashicha, «Atletiko» o‘z yetakchisini sotish niyatida emas.

«Real»ning taklifi? Alvares sotilmaydi. Biz uni sotmoqchi emasmiz», — dedi «Atletiko» prezidenti El Chiringuito TV nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid klubi futbolchini «Barselona»ga ham qo‘yib yubormagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Xulian Alvares o‘tgan mavsum Diego Simeone jamoasi safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar