"Lester Siti" Angliyaning uchinchi divizioniga muddatidan oldin tushib ketdi.
"Tulkilar" Chempionshipning 44-turida "Hall Siti" (2:2) bilan durang qayd etdi. Natijada jamoa 42 ochko bilan 23-o'ringa tushib ketdi.
Chempionshipning yakuniga ikki tur qolganida jamoa kelasi mavsumni 3-divizionda o'tkazishi ma'lum bo'lib ulgurdi. 21-o'rindagi "Blekbern Rovers" esa 49 ochko bilan ligada qolish vazifasini uddasidan chiqdi.
Avvalroq "Lester" moliyaviy qoidalarni buzgani sababli fevral oyida olti ochkodan mahrum qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, jamoa 2016 yilda Klaudio Ranieri bilan APLda chempionlikni qo'lga kiritgan.